current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Yorni Tark Etmang lyrics
Yorni Tark Etmang lyrics
turnover timeļ¼š2024-09-18 04:50:31
Yorni Tark Etmang lyrics

Har kishining jahonda ko'nglidagi yor bo'lsin.

Sevgida saodati doim barqaror bo'lsin.

Yorning har takallumi, mo'miyodir, asaldir

Bir jon emas yuz jon ham yo'lida nisor bo'lsin.

Kim tark etsa yorini-yorini

Tinglamasa zorini-zorini

Hijronu iztirobga bir umr

Bir umrga duchor bo'lsin.

Qaro zulflar bo'yini unutsa agar har kim,

Shu kokillar qatlichun, bitta-bitta dor bo'lsin.

Muhabbat dil gavhari, chekkil ey hijronlari,

Biyron-biyron tillarda qo'shig'u alyor bo'lsin.

Kim tark etsa yorini-yorini

Tinglamasa zorini-zorini

Hijronu iztirobga bir umr

Bir umrga duchor bo'lsin.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by