current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Yolgʻon [Turkish translation]
Yolgʻon [Turkish translation]
turnover time:2024-09-18 04:46:02
Yolgʻon [Turkish translation]

Molu-davlatinga oshnolar bisyor

Yiqilsang topilmas bir doʻst vafodor

Tandagi joning ham boʻlsa omonat

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Yolgʻon, boshqasi yolgʻon

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Oqar suv zaminga singip ketadi

Ming yillar lahzaga tengip ketadi

Shohu-gadolarni yengib ketadi

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Yolgʻon, boshqasi yolgʻon

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Bu dunyo kimlarga vafo qilibdi

Qay oshiq sevgidan vafo koʻribdi

Bahorga inongan gul ham soʻlibdi

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Bahorga ishongan gul ham soʻlibdi

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Yolgʻon, boshqasi yolgʻon

Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by