current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Yo'lingga suvlar sepsam [Transliteration]
Yo'lingga suvlar sepsam [Transliteration]
turnover time:2024-10-05 09:14:33
Yo'lingga suvlar sepsam [Transliteration]

Mani yor etay depsan,

Olislardan izlab kepsan,

Oʻylamagin rozidur deb,

Yoʻlingga suvlar sepsam.

Tor koʻchadan, tosh yoʻlakdan,

Baxtingni izla boʻlakdan,

Ovora boʻlma joy soʻrab,

Egasi bor bir yurakdan.

Soy oqadi tez, shovullab,

Ishqimda yonma lovullab,

Yorim bor, poylab yurar,

Qadamlarim qorovullab.

Mani yor etay depsan,

Olislardan izlab kepsan,

Oʻylamagin rozidur deb,

Yoʻlingga suvlar sepsam.

Noz qilaman nozlar bilan,

Kuylayman shoʻx sozlar bilan,

Bekordan oʻt yoqib qoldi

Yoʻlimga pardozlar bilan.

Qoshi koʻzim qaro dema,

Shundan bir yaro dema,

Agar akam bilar boʻlsa,

Qaydan keldi balo dema.

Mani yor etay depsan,

Olislardan izlab kepsan,

Oʻylamagin rozidur deb,

Yoʻlingga suvlar sepsam.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by