current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Yigit Yigʻlamasin Dunyoda lyrics
Yigit Yigʻlamasin Dunyoda lyrics
turnover time:2024-09-18 04:54:02
Yigit Yigʻlamasin Dunyoda lyrics

Bogʻlarda bulbullar yigʻlasin mayli,

Sochlari sunbullar yigʻlasin mayli.

(×2)

Maʼyus majnuntollar yigʻlasin mayli,

Yigit yigʻlamasin dunyoda.

(×2)

Yomgʻir bulut bagʻrin soʻkar oʻsha kun,

Ohorli yoshlarin toʻkar oʻsha kun.

(×2)

Zabardast togʻlar ham choʻkar oʻsha kun,

Yigit yigʻlamasin dunyoda.

(×2)

Yigitning koʻzini nam qilma hayot,

Boshginasin egik ham qilma hayot

(×2)

Koʻrgan kunlarini kam qilma hayot.

Yigit yigʻlamasin dunyoda.

(×2)

Bir soʻzni axtarib yurardim doim,

Shu soʻzni men bugun topdim xudoyim,

(×2)

Boʻlmasin desangiz qiyomat-qoyim.

Yigit yigʻlamasin dunyoda.

(×2)

Yigit yigʻlamasin dunyoda. (×2)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by