current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Xazon lyrics
Xazon lyrics
turnover time:2024-11-15 10:32:05
Xazon lyrics

Qayt! Sen yonimga qayt!

Mendan uzoqlashma shu payt!

Baxtli kunlarim, qayt, yiroqlashma.

Tun! Yolgʻiz boʻlma, tun!

Dardlarimning mahzuni uzun.

Qaygʻuli kunlarimdan yoʻq mazmun.

N a q a r o t:

Balki, endi farqi yoʻq?

Sevgidan najot yoʻq?

Baxt bermay ketgansan,

Unutib boʻlgansan.

Lek – senga farqi yoʻq,

Mehring goʻyo yiroq.

Tuygʻularim sarson,

Sensiz umrim xazon.

Dard, yana oʻsha dard,

Betinim hasrat yuragimni qiynar,

Faqat bu yoʻli kesilar

Baxtning oʻtgan kunlarida

Goʻyo botar.

Xazon, tuygʻularim xazon,

Nega yana azob

Atrofim egallar?

Yigʻlar, orzularim yigʻlar,

Yuragim senga tinmay shoshilar.

N a q a r o t: ………….

Yana xazonlar,

Yana oʻsha koʻz yomgʻirlar

Tinmay izlatar

Seni bu sogʻinchli kunlar.

Tomchi koʻz yoshlar,

Oʻsha va`dalar qilar alam.

N a q a r o t: ………….

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by