Kunlar kunga ulandi,
Kunlar unda elandi,
Sogʻinch kuyi kuylandi,
Yorim, sendan xabar kelmas.
Lekin sendan xabar kelmas.
Erib tugadi qor ham,
Toʻlib oqdi anhor ham,
Kelib boʻldi bahor ham-ey,
Nechun sendan xabar kelmas,
Hanuz sendan xabar kelmas.
Dilim oqqa koʻchirdim,
Xatolarim oʻchirdim,
Maktublarim uchirdim,
Biroq sendan xabar kelmas.
Maktublarim uchirdim-ey,
Biroq sendan xabar kelmas.
Doʻstlar holing xarob, der,
Kutma uni, sarob, der,
Xatlarimga javob ber,
Nechun sendan xabar kelmas?
Koʻzim giryon tobora,
Manziling topsam zora,
Ilojsizman, bechora,
Nechun sendan xabar kelmas?
Ilojsizman, bechora,
Nechun sendan xabar kelmas?
Yurak kuyib, kul boʻldi,
Dil sogʻinchga qul boʻldi,
Oylar oʻtib, yil toʻldi-yey,
Hamon sendan xabar kelmas.