Ko‘kda varrak bor edi,
O‘shanda bahor edi,
Bir qizcha menga qarab,
Kulib turgan yor edi.
Ko‘kda varrak bor edi,
O‘shanda bahor edi,
Yigitcha unga qarab,
Kulishimga zor edi.
Men senga bir gap aytaman,
Hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko‘ngilni
Ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman,
Birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko‘ngilni
Judo qilmasin.
Qarab turib yuziga,
Binafshadek ko‘ziga,
Yuragimni o‘shanda
Aytolmadim o‘ziga.
Qarolmasdan yuziga,
Boqolmasdan ko‘ziga,
Yuragimni o‘shanda
Aytolmadim o‘ziga.
Bahor edi o‘sha payt,
O‘sha damga, gulim, qayt,
Yoqishini o‘sha qiz
Aytarmiding, dilim, ayt!
Bahor edi o‘sha payt,
O‘sha damga, dilim, qayt,
O‘sha yigit yoqishin
Aytarmiding, gulim, ayt!
Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O‘sha qizni hali ham
Yaxshi ko‘rsam kerak-da!
Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O‘sha yigit hali ham
Menga yoqsa kerak-da!