current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Vaqt [Transliteration]
Vaqt [Transliteration]
turnover time:2024-11-26 14:36:48
Vaqt [Transliteration]

Yana qaytdi kuz,

Yana daraxtlardagi barglar,

To‘kiladi yerga xazonlar, yomg‘irlar.

Kuz, muncha ko‘p meni yo‘qlamasang,

Bolaligim olganing mayli,

Yoshligimni olib ketmoqdasan, kuz.

Xazonlar, biz o‘ynab yurgan bog‘lar,

Xazonlar, ulg‘ayib bo‘libmizku qaranglar,

Yerlardan uchirmoqda shamollar

Va yerda xazonlar.

Yomg‘irlar, muncha ko‘p yig‘lamasa osmonlar,

Derazamdagi mayda tomchilar.

(Balki mani so‘rab kelgan ular)

Kuz, munchalar shoshmasa soatlar,

Tugamoqda daraxtlarda barglar,

Oylarning ortidan quvar oylar.

Tugadiku kuz, yana qaytdi qish,

Yana vaqt mag‘lub,

Kelib bo‘ldiku sovuq.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,

Ko‘chalarda oppoq archalar,

Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Ko‘chada qor, kimdir ishga shoshar,

Kimdir o‘qishga, kimdir hammadan hursand.

Kimning ichi to‘la g‘am.

Oyni yarmi yorug‘, yarimi qora,

Agarda senda bo‘lsa qora,

Hali hayot oldinda,

Hali bu kunlar qolib ketadi ortingda.

Qayerdan deysan shuncha tashvishlar,

Chenalarimiz ham qolib ketdi podvolda,

Ulg‘ayib bo‘libmizku, o‘zingga bir qara.

Qor, yoshligimni qaytargin bir bor,

Maktab chog‘larimni sog‘indim.

Yana bir birimizga otib qor,

O‘ynab yurganim, hammasi tamom.

O‘tgan yillarim, qaytsa edi bir on.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,

Ko‘chalarda oppoq archalar,

Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Ummon
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
Ummon
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved