current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Uylanding lyrics
Uylanding lyrics
turnover time:2024-07-07 02:18:25
Uylanding lyrics

Boʻydoqlik davringda boshing edi xor,

Toza kiyimlarga boʻlar eding zor,

Mana endi xatto dastroʻmoling bor,

Ex afsus yuribsan shuncha yil bekor

Kechalari ishdan kelsang parvona,

Bir zum tinmas yoring sen deb ovora,

Ishqing otiladi misli favvora,

Tomdan yerga tushma qoʻyma narvona

Uylanding, uylanding, uylanding ana,

Sevgan yoring inim yoningda sening,

Tunlari qoʻrqarding yolgʻiz yotishdan,

Qoshlari qaro qoʻyningda sening

Tufli yaltiraydi, shim, koʻylay tikka,

Maykalarga gap yoʻq, paypoq sintetika,

Qara xatto moy tekkan etigingga,

Oʻynab yurgan ekansan koʻchada ketka

Uyga borarsan burilmay chapga,

Omon boʻling doʻstlar, dam akalarga,

Xotin uyda kutar bir oʻzi yakka,

Olib borish kerak bitta plitka

Uylanding, uylanding, uylanding ana,

Sevgan yoring inim yoningda sening,

Tunlari qoʻrqarding yolgʻiz yotishdan,

Qoshlari qaro qoʻyningda sening

Uylangan yigitlar ranjimang mendan,

Xasadmas niyatim bari chin dildan,

Baxtga toʻlib yashang, sogʻ-omon boʻling,

Ollohim asrasin xotin qulidan

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Nilufar Usmonova
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
Nilufar Usmonova
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved