current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Umr nima [Russian translation]
Umr nima [Russian translation]
turnover time:2024-07-08 11:51:23
Umr nima [Russian translation]

Umr nima.Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l,

Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l.

Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l,

Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.

Bu uzun hijron yo’lidir, bu uzun azob yo’li,

Har sahar kulib chiqib, yig’lab botar oftob yo’li.

Kim uchun gunoh yo’lidir, kim uchun savob yo’li,

Harnadir, har biriga ortimda iqrorim qolur.

Yaxshilik murodi bor har dilga men jonim beray,

Yaxshilarga qo’lda boru yo’g’u imkonim beray.

Ko’ngli pok shogirdima bulbul bu zabonim beray,

Men ketarman bir kuni, zor yig’labon torim qolur.

Men ketarman, qolmagay tilla taxtu ko’shklarim,

Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo’shiqlarim.

O’zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo’shiqlarim,

Yod bo’lib aytganlarim, elimda alyorim qolur.

Ol, deya bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,

Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim –

Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,

Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur.

Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Muhammad Yusuf
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:Poetry
  • Wiki:https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad_Yusuf
Muhammad Yusuf
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved