Bugun osmon dardlarim tinglar,
Yomg‘ir bo‘lib go‘yoki yig‘lar,
Alamlar cheki yo‘q,
Og‘rinaman.
Sen u tomon, men bu tomon qarab,
Ketmoqdamiz sevgimiz xo‘rlab,
Qiynalmoqdaman…
Umidvor yurak, unga sen kerak,
Qiynalar yomon, sog‘indim, ishon.
Umidvor yurak, ko‘nmasa kerak,
Nahotki yo‘q imkon? Sog‘indim yomon!
Ilgari vaqt ham tez o‘tar edi,
Yonimda bo‘lganing yetar edi,
Sen bilan yonardim,
So‘nmoqdaman.
Ko‘rsam edi seni men bir nafas,
Sensiz dunyolar go‘yo bir qafas,
Ko‘nikmoqdaman…
Umidvor yurak, unga sen kerak,
Qiynalar yomon, sog‘indim, ishon.
Umidvor yurak, ko‘nmasa kerak,
Nahotki yo‘q imkon? Sog‘indim yomon!