Tavallud ayyomga taklif etilgandi,
Men bilan do'stlarim, dugonalarim.
O'zgacha edi u kechaning damlari,
O'sha kun astoyidil seniki edi.
Shunda negadir ko'zimdan, nigohing uzolmading,
Dugonalarim ichidan, sen meni tanlading.
Naqorat:
Tug'ilgan kuningda, tug'ilgan kuningda,
Hayajon - iboga giriftor edik.
Tug'ilgan kuningda, tug'ilgan kuningda,
Bor bo'lsa esingda, uchrashgan edik.
Endi u kunni men tole'im deb bildim,
U ayonda tanho baxtimni topdim.
Bo'lamiz deb birga juda ham ishondim,
Sen bilan orzudir mening hayotim.
Yashar ekan teran dilda, ming sahifali ertak,
Uning nomi bu olamda, sevgi bo'lsa kerak.
Naqorat:
Tug'ilgan kuningda, tug'ilgan kuningda,
Hayajon - iboga giriftor edik.
Tug'ilgan kuningda, tug'ilgan kuningda,
Bor bo'lsa esingda, uchrashgan edik.