Yetay deya inson orzu-havasiga,
Yashar ekan bo'ysunib u o'z nafsiga
Umr o'tib ketaverar o'z aksiga,
Xayollarda halovatni topib bo'lmas.
Soxta chiroy, soxta kulgu, soxta so'zlar
Tokay inson obro'-mansabini ko'zlar?
Ayting, oh bu ne ko'rgilik, ming afsuslar
Oqibatdan oxiratni topib bo'lmas ey.
Tingla faryodim, tingla,
Ey Tangrim, nolalarimni tingla.
Sabr to`ldirib dilga,
Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga.
Oshiqlikning ko'chasini oxiri yo'q
Bu ko'chada bir chin Zuhro, Toxiri yo'q
Yurak uchun bu darddanda og'iri yo'q
Muhabbatda go'zal baxtni topib bo'lmas.
Ochiq-oydin sevib gunoh qilsa takror,
Qayda qoldi yuz-andisha, nomus-u or?
Sevgidan ham bo'lib qoldi odam bezor,
Xiyonatda hijolatni topib bo'lmas ey.
Tingla faryodim, tingla,
Ey Tangrim, nolalarimni tingla.
Sabr to`ldirib dilga,
Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga. (2x)