Eslatma kerakmas oʻtgan kunlarni,
Dilimni yondirma yana qaytadan.
Ishonchim muz boʻlib qolgan qalbimda,
Senga yoʻq hech qanday his yuragimda.
Meni qiynardi…
Sogʻinch, alam, bedor bu tunlar,
Sogʻinch, qaygʻu, mazmunsiz bu kunlar.
Qayda eding menga kerakligingda,
Sen bilan sirlashgim kelgan damlarda?
Men sendan hech nima demay ketganimda,
Qolarmidi aytgin ishonching menga?
Seni qiynardi…
Sogʻinch, alam, bedor bu tunlar,
Sogʻinch, qaygʻu, mazmunsiz bu kunlar.
(×6)