{ Yana ko'z uyida ma'vo qilibsen,
Ko'ngil koshonasida jo qilibsen (2x) }
Yana savdoyi zulfingdin , nigoro ,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen , shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen , shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
Ga'ming yo'q jon agar bersam ga'mingda,
O'zingni buncha beparvo qilibsen.
Qoshingdin meni o'qdek tashlar uchun,
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen , shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen , shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.