Bir sevgi otashida yonib kuyaman,
Ayriliq azoblari qiynaydi meni.
Bahorda ochilmayman, kuzdan qoʻrqaman,
Yana sening xayoling tinch qoʻymaydi meni. (2x)
Bilginki, men seni yana
Umr boʻyi unutolmay,
Sevib-sevib yashayman!
Bilginki, men seni yana
Umr boʻyi unutolmay,
Yonib-yonib yashayman! (2x)
Hech kimsa tushunmaydi, dardimni aytsam,
Bu sevgi hasratida koʻnglimda armon,
Bilginki, bu dunyodan gar sensiz oʻtsam,
Faqat oʻzing yuragimda yashaysan, ishon! (2x)
Bilginki, men seni yana
Umr boʻyi unutolmay,
Sevib-sevib yashayman!
Bilginki, men seni yana
Umr boʻyi unutolmay,
Yonib-yonib yashayman! (4x)