Sevgilim,
Sochlaringni tarab,
Bo‘yningni silab, alla aytib
Tizzalarimda uxlatsam seni!..
Sevgilim,
Yozmishga aldanmasdan,
Qog‘oz bo‘lib, qalam bo‘lib,
Baxtiyorlikda ado bo‘la turib
Eng oxirimda yozsam seni!..
Hech bir narsaga alishmam
Ishq ila boqqan ko‘zlaringni,
Eng so‘nggi onimda ham sevishimni aytishim kerak!
Hech bir narsaga alishmam
Men bilan kechgan kunlaringni,
Eng so‘nggi onimda ham qo‘llaringni tutishim kerak!