current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Sevgi Balki Bu Jannat lyrics
Sevgi Balki Bu Jannat lyrics
turnover time:2024-10-04 21:24:30
Sevgi Balki Bu Jannat lyrics

Bu go‘zal gulzordan

Tanlovim – gulli tikan,

Adashdim yagonam

Sen emas, o‘zga ekan.

Ammo yetganda tanlov soati

Sevgiga qolmas imkon,

Lek taqdir ekan vafosiz sevgi,

Sen bo‘lding menga armon.

Sevgi balki bu – jannat,

Sevgi balki bu – qismat,

Nafrat bilan muhabbat

Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)

Orzular…

Orzuli lahzalar

Yiroq bo‘lgandi mendan,

Hayotim boshlandi

Seni uchratgan kundan.

Chekindi qayg‘u, uyg‘onar ezgu

Tilaklar senla bo‘lsam.

Yolg‘iz qalbimga

Nozik bir tuyg‘u uyg‘onar seni ko‘rsam.

Sevgi balki bu – jannat,

Sevgi balki bu – qismat,

Nafrat bilan muhabbat

Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)

Orzular…

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by