Qorlar yog‘adi, ayamaydi,
Ko‘zga tomadi, bilinmaydi
Sensiz sezmayman.
Izg‘irin sovuq yuragimda,
Ma’no qolmadi hayotimda,
Sensiz yasholmayman.
Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
Qay tomon shamollar uchiradi uni.
Mendan? (2x)
Qorlar yog‘adi, eslatadi
Go‘yoki qalbim muzlatadi,
Issiqlik sezmayman.
Mehring endi hech isitmaydi,
Muzlagan tuyg‘u chorlamaydi,
Sensizlik, ko‘nmayman.
Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
Qay tomon shamollar uchiradi uni.
Mendan? (2x)