Kechagina yonimda qo'llarimda eding
Bo'ynimdan quchoqlab, o'pib, hidlarding
Sevaman der ekan, doim sog'inarkan
Endi nega menga begonasan sen?
Seni unutmoqqa umrim yetarmi?
Qayt desam ortiga dunyo qaytarmi?
G'ururim ishqimga shunday dushmanki,
"Ortga qayt, meni sev" deya olmayman.
Mening taqdirimda ayriliqlar bor
Kimgaki bog'lansam ayrildi yo'llar
Sevmadim kimsani men hech bu qadar
Mendan ayrilishga qasamingmi bor?
Seni unutmoqqa umrim yetarmi?
Qayt desam ortga dunyo qaytarmi?
G'ururim ishqimga shunday dushmanki,
"Ortga qayt, meni sev" deya olmayman...