Sensiz kechgan har bir daqiqam, har bir soniyam
Qanchalar og'ir, qanchalar sekin
Sen bilan bo'lganimda esa suv kabi oqib ketardi
Vaqtga kuchim yetmasdi ne edi bu zamon?
Dunyoni bersalar ham foydasiz, endi sen yo'qsan
Yo'llar nega kerak senga eltmasa?!
Yonimda bo'lsang-u ne foyda sevmasang
Kunduz nega kerak quyoshim sen bilan qolsa?!
Seni yo'qotganimda ko'rdim
Bulbulni jim etgan
motam gulimni ham so'ldirdi
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Bu qandayin azobki, o'ldim..., o'ldim.
Sensiz bo'lganim har bir yer, har bir ko'cha begona
Go'yoki tashlandiq ular, tark etilgan
Yakka-yolg'iz qolgach anglarkan inson
Dudoqlarda so'zlar so'ylanmas bo'lib muhrlangan.
Dunyoni bersalar ham foydasiz, sen yo'qsan
Yo'llar nega kerak senga eltmasa?!
Yonimda bo'lsang-u ne foyda sevmasang
Kunduz nega kerak quyoshim sen bilan qolsa?!
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Bulbulni jim etgan
motam gulimni ham so'ldirdi
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Men endi zulmatdaman, quyoshimni so'ndirdi.
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Bulbulni jim etgan
motam gulimni ham so'ldirdi
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Men endi zulmatdaman, quyoshimni so'ndirdi
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Bulbulni jim etgan
motam gulimni ham so'ldirdi
Seni yo‘qotganimda ko'rdim
Bu qandayin azobki, o'ldim..., o'ldim...