current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Scream [Uzbek translation]
Scream [Uzbek translation]
turnover time:2025-01-04 07:12:42
Scream [Uzbek translation]

Yopiq ko'zlar oldida hamma narsa qonga bo'yalgan.

Menga ayt nima uchun, Men yolg'on gapirmayapman?

Sovuq shamol esmoqda va men begona qarashlarni sezyapman.

Bu og'riqlarning barchasi tomirlarimdan o'tmoqda.

Bog'langan qo'llar uyqusiray boshlaganday tuyuladi.

Hamma menga tosh otyapti, lekin men qochib qutula olmayapman.

Men uchun bu umuman qiziq emas. Hammasi kimga kerak? Kimdir menga tushuntirsin, menga ham ayting.

Hozir alangalanayotgan olov tepasida,

Iltimos, men baqirishni istamayman.

(Iblisona ko'zlarning vaqti keldi - men ko'zlarimni ochaman, ko'zlarimni ochaman).

Iltimos, men baqirishni istamayman.

Hayqiraman , Hayqiraman, Hayqiraman, Hayqiraman

Zulmatda hayqiriq yangrayapti.

Niqob - bu haqiqiy hiyla-nayrang, ostida ayanchli g'alatilik bor

Kuchayib borayotgan nafrat tufayli, butunlay tasodifiy nishonni tanlayapti.

Hatto yonayotgan chanqog'imni yengsam ham, hamma aytadi ikkiyuzlamachilik - bu mening gunohim deb.

Men jarlikning chetida turaman va afsuslanish - bu men uchun qolgan yagona tanlov bo'lib qoladi.

O'tkir pichoq kabi yoqimsiz so'zlar.

Ziyon yetqizishyapti va meni teshishyapti. Men nafas olishni to'xtata olmayapman

Men buning hammasi kim uchun ekanligini ham ayta olmayman. Kimdir menga tushuntirsin, aytinglarda.

Hozir mana shu tutun ichida g'oyib bo'layapman.

Iltimos, men baqirishni istamayman.

(Iblisona ko'zlarning vaqti keldi - men ko'zlarimni ochaman, ko'zlarimni ochaman).

Hamma ketgach, men yana ko'zlarimni ochaman, izlar yo'qoladi va sen menga ishonmaysan.

Endi xafa bo'lma, yo'q, hech qachon. Men haqimda hech qachon, yo'q, endi kerak emas.

Oh, oh, hammasini unut. Ishon, hech narsa bo'lmaganiga.

Va shunday qilib, hamma birma-bir aqldan ozmoqda.

Men shunchaki seni hayqirishga majbur qilmoqchiman.

Iblisona ko'zlarning vaqti keldi.

Meni korganda hamma hayqiradi

Hayqiraman , Hayqiraman, Hayqiraman, Hayqiraman

Men shunchaki seni baqirishga majbur qilmoqchiman.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Dreamcatcher
  • country:Korea, South
  • Languages:English, Korean, Japanese, Spanish
  • Genre:Electronica, Pop, Pop-Rock, Rock
  • Official site:https://dreamcatcher-official.jp
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Dreamcatcher_(group)
Dreamcatcher
Latest update
Copyright 2023-2025 - www.lyricf.com All Rights Reserved