Samarqandlik uch shahzoda
Ishq oʻyida bellashibdi.
Shahrizoda qizlariga
Sovchilarin yoʻllashibdi.
Rozi boʻlsak qoʻsh minorali
Koʻz toʻymas uylar qurisharmish,
Registonning maydonida
Toʻylar qilib berisharmish.
N a q a r o t:
Oʻynang, oʻynang shoʻx sozimizga,
Samarqandning yigitlari,
Chidaysizmi nozimizga,
Samarqandning yigitlari!
Biri usta zargar ekan,
Biri harbiy askar ekan,
Yana biri dunyo kezgan
Sayyohu savdogar ekan.
Tong otadi, kun botadi,
Dillarda zavq uygʻotadi.
“Nafsmi šumo!”* - deb jilmayib
Ortimizdan gap otadi.
N a q a r o t: .....(2x)
Shoyadki yoʻq deyolmaymiz
Sizdek koʻksi olovlarga,
Samarqandning goʻzallaridan, ey,
Qolmaymizmi balolarga.
Uch ogʻayni botirlarga
Tillodan taxt tilab keldik,
Toʻylariga samarqandcha
Qoʻshigʻimiz kuylab keldik.
N a q a r o t: ..... (2x)