Seni taniyolmadim, hayot sen oʻzingmisan?
Adovatning oldida shunchalar ojizmisan?
Sen ato etgan tuygʻu beozor bu muhabbat
Qadrsiz, himoyasiz yonar adovat sabab
Senga achinaman nohaqsan adovat
Hech qachon oʻlmagan, chin muhabbat
Sevgi bu dushman deb ajratib oʻtirmas
Aslo taslim boʻlmas chin muhabbat…
Har qandayin adovat qancha yovuz boʻlmasin
Egolmaydi sevgini, bukolmaydi sevgini
Hayot bergan muhabbat goʻyo tanadagi jon
Jon uzilgan tanada qanday yashaydi inson?
Senga achinaman nohaqsan adovat
Hech qachon oʻlmagan chin muhabbat
Sevgi bu dushman deb ajratib oʻtirmas
Aslo taslim boʻlmas chin muhabbat…
(×2)