current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Qizg'onaman lyrics
Qizg'onaman lyrics
turnover time:2024-10-05 18:53:42
Qizg'onaman lyrics

Osmondagi oy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

Tillosi ko‘p boy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

Sochim o‘pgan soy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

Yurib ketsa toy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

“Kaptiva”li boy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

Ishq o‘tida yonmasa qalbing –

Nega yonaman?

Nega yonaman, nega yonaman,

Nega sevaman?

Tog‘larni Farhoddak buzmasang,

Cho‘llarni Majnundak kezmasang –

Baribir Shirin, Layli singari,

Yorim, sevaman seni! (2x)

Rostini aytsam, savlating ham

Alpomishdek emas.

Barchinoyga munosib yor

Seni hech kim demas.

Lekin Layling ishqin senga

Bir umrga bilsang,

Ko‘z ochganda o‘tib ketar,

Shirin tush ko'p emas.

“Kaptiva”li boy bo‘lmasang –

Nega qizg‘onaman?

Ishq o‘tida yonmasa qalbing –

Nega yonaman?

Nega yonaman, nega yonaman,

Nega sevaman?

Tog‘larni Farhoddak buzmasang,

Cho‘llarni Majnundak kezmasang –

Baribir Shirin, Layli singari,

Yorim, sevaman seni! (2x)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by