Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Senga boqsam, quvnar koʻzlarim.
Qalbi nurli begʻuborginam,
Meni oʻylar mehribonginam.
Sevinchlarga toʻlar yuragim,
Dadajonim desang, oy qizim.
Boʻylaringdan oʻzim aylanay,
Dunyo gʻamlarini unutay.
Esingdami oʻsha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
Oʻtib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular.
Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Har qadamda seni oʻyladim.
Termulib qolarding yoʻlimga,
Yomgʻir tomchilardi koʻnglimga.
Bagʻrimdagi bahoriy gulim,
Tongda seni uygʻotib oʻzim,
Derdim: qara, mayin qor yogʻar,
Tun oʻtar, ertak davom etar.
Esingdami oʻsha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
Oʻtib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular. (x2)