Endi uzundan uzun tunlarga
Hamrohman, tinmay qarab,
Balki, yetkazar deya so‘zlarim,
Turarman seni so‘rab.
Sen esa ketding, dilim anglamay,
Sevgim dilimda qoldi.
Sen-la bo‘lgan bu orzularimdan
Endi mazmun yo‘qoldi.
Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,
Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.
Endi o‘zga meni o‘ylasa ham,
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi. (2x)
Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,
Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.
Endi o‘zga meni yo‘qlasa ham,
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi.
Yana dilim to‘lib armonlarga,
Bir seni sog‘inaman.
Yurgan yo‘limda bir seni o‘ylab,
Sog‘inchdan ovunaman!
Atrofimda namoyon visoling,
Go‘yo sen yonimdasan.
Sen-la yaralgan sevgim qasrida,
Bilgin, tanho qolasan!
Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,
Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.
Endi o‘zga meni o‘ylasa ham,
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi. (2x)
Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,
Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.
Endi o‘zga meni yoqtirsa ham,
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi…