N a q a r o t:
Qani, baxti keldi,
Do‘stlar, o‘ynang endi!
Kelin farishtadek
Nur sochib keldi.
Qani birdam bo‘lib
Hamma to‘yga endi!
Kelin farishtadek
Nur sochib keldi.
Mahallada duv-duv gap,
Kelibdi sovchilar!
Ko‘chamizdagi go‘zalni
So‘rab kelibdilar.
Sarpolar yig‘ildi,
Sindirildi non.
Endi fayzli uyga
Kelin yarashar.
N a q a r o t: .....
Qaynona-ona-ona,
Bu qiz bizda bir dona.
Berib bor mehrini,
Bu bola ko‘p parvona.
Oh, qaynona-ona!
Bu kelin yagona,
Hech ayamay o‘zini
Bu bola ko‘p parvona.
Duv-duv gaplar hali bo‘ldi
Hammaga ma’lum,
Kuyovining
Ko‘zlari maftun.
Kelin olib keldi
Fayzu baraka,
Mahallamizdan
Gaplar jim qaytdi..*
T a k r o r l a sh...