Dunyoning surati bepoyonu teran,
Doimday u abadan.
Oʻtgan vaqtimni izladim men alamdan,
Toblanib xayolan.
Yelga aylandi endi u damlar,
Behuda, nochora…
Sen agar shunda vafoli boʻlsang,
Kunlar oʻtardi oʻzgacha.
Ovora boʻlma, besar izlamagin endi,
Men bundan buyon – ertaklaringda.
Ovora boʻlma, oh-faryodlanmagin endi,
Sen unutilding soʻnib armonda.
Maili, ranjimayman, lekin sen nobudsan,
Qalbimga begonasan.
Bergan va`dayu paymonlaring yolgʻondan,
Asli bevafosan.