O'pardim qo'llaringdan, so'ngra ko'zlaringdan
Yonoqlaringdan, eng ko'p dudoqlaringdan
Oh, qanchalik bilarding shu qalbimdan kechganini
Sen ichimda yo'qolarkan, men senda topardim o'zimni
U ehtiroslar, ehtiroslar, ehtiroslar
Bir ishq g'avg'osida yengildilar, ezildilar
Ishq ostonasida atirgul iforiga hasratlarin aytdilar
U ehtiroslar, ehtiroslar, ehtiroslar
Bir ishq g'avg'osida yengildilar, baxtsiz edilar
Tun yarmida yolg'izlikka asir edilar
Quladi ishqning so'nggi qal'asi, u ehtiroslar
Ikki badan yonma-yon go'yo qish uyqusida
Ilk bahorning otashi bor edi
Sabrsizlanib kutardik zulmat cho'kishini
Qovushgach birdan yulduzlardek
Qanday porlardik tonglarga qadar