Qara, bitta so'z dema,
Yuzimga boqma, qara.
Ovoz eshitgan bo'lur,
Senga ko'z qo'ygan bo'lur.
Dushmanimdir seni kim
Jonga yaqin deb bilsa.
Onang erkalasa ham
Mening bag'rim qon bo'lur.
Tilarmanki tangridan
Senga ochiq quchoqlar
Bir bor ham yopilmasdan
Qora tuproqqa to'lsin.
Qon tupursin otingni
Mensiz eslar dudoqlar,
Senga mening ko'zim-la
Boqqan ko'zlar ko'r bo'lsin.