Kun oʻtadi bir amallab, oʻz oʻrnida,
Seni oʻylab koʻp hijronga botaman.
Nolalarim, ohim bitmas gumonimda,
Men seni yana koʻrgani shoshaman.
Xatlarimga yoz hech boʻlmaganda javob,
Xavotir qilma meni hozir tinchman deb.
Nega doim qiynaysan, chekkanim azob,
Sogʻinmaganing sababi ne?
Nima qilish kerak, sensiz halovatim yoʻq,
Menga oʻzing kerak, sensiz bemor qalbimda oʻq.
Nimadur qilish kerak, sensiz uyquni bilmayman,
Menga oʻzing kerak, sensiz yashay olmayman,
Yashay olmayman.
Qani endi men seni sevganday sevsang,
Shu qoʻshiq ham yaralmagan boʻlardi.
Nomiga, yolgʻondan “boʻldi, xoʻp” demasang
Bir oʻzingga yaxshi boʻlardi.
Xatlarimga yoz hech boʻlmaganda javob,
Xavotir qilma meni hozir tinchman deb.
Nega doim qiynaysan, chekkanim azob,
Sogʻinmaganing sababi ne?
Nima qilish kerak, sensiz halovatim yoʻq,
Menga oʻzing kerak, sensiz bemor qalbimda oʻq.
Nimadur qilish kerak, sensiz uyquni bilmayman,
Menga oʻzing kerak, sensiz yashay olmayman,
Yashay olmayman.
Sensiz yashay olmayman (x2)