current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Nega Ma'yussan [Turkish translation]
Nega Ma'yussan [Turkish translation]
turnover time:2024-10-04 19:46:36
Nega Ma'yussan [Turkish translation]

Sevgilim, bu oqshom – visol kechasi,

Ikkimiz zor kutgan diydor kechasi,

Ko’ngillar uchrashgan xumor kechasi,

Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Yonimda bo’lsang ham, go’yo yolg’izsan,

Kemasin yo’qotib qo’ygan dengizsan,

Tunlar boshimda nursan, yulduzsan,

Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?

Yorim, nega ma’yussan?

Jonim, nega ma’yussan?

Aytgin, nega ma’yussan?

Seni buncha nima qiynamoqda, ayt?

Yashashni o’rgatgin g’amga qasdma-qasd!

Qalbing o’rtamoqda bilmam qanday dard,

Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?

Yorim, nega ma’yussan?

Jonim, nega ma’yussan?

Aytgin, nega ma’yussan?

Yoki mendan xato o’tdimi?

Biror gapim og’ir botdimi?

Yoki seni boshqalar ranjitdimi?

Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Bunga chidolmayman – ichim yomon tor,

Buncha qiynaguncha jonimni ol.

Mening aybim nima, bu nima ahvol?

Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim…



Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by