Hijron yukin ketding tashlab mendan kulib
Otash olgan vujudimni sen muzlatib
Lekin sevging cho‘g' qalbimda qolmas so‘nib
Muhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Ne etay dilim bo‘laklarga bo‘lolmadim
Yara bo‘lgan yuragimni berolmadim
Osmoningda oydek tanho bo‘lolmadim
Muhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Dovul ezgan maysa bugun jismu tanim
Bargdan tamgan shabnam ekan ul suyganim
Holim ko‘rib do‘stim kuyib, kuldi ganim
Muhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muhabbatim keng osmonning oyi bo‘ldi
Qirg‘oqlarin erkalagan soyi bo‘ldi
Endi esa aytmaganman sevgim so‘ndi
Muhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muhabbatim hayotimga yor ekansan
Yuragimga vafo, gulim, sen ekansan
Hayot tirik, dunyoda ishq bor ekansan
Muhabbatim qo‘yding meni kuy kuylatib
Muhabbatim ketma meni zor yig‘latib