current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Man bop lyrics
Man bop lyrics
turnover time:2024-09-19 17:52:13
Man bop lyrics

Yoniga otlanaman sochlarimni asta tarab,

Ne bo‘lar menga bir bor yana kulib qo‘ysa qarab?

Sado berishini kutaman qancha kunlar sanab,

Bo‘ldim men ado. (yeah)

Termulib kechalari ko‘chalar ostonasin qarab,

Yuragim ne qilayin ko‘zlaringni etsa talab?

O‘rab olib bir bora uni chorlam sekin-astalab,

Qildim men qaror. (yeah)

Pardozim, nozim, yuragimni nimtalab,

Kel qo‘llarim so‘rab.

Ko‘zlarim yana zor aylar fido.

Shirin-shirin zimdan qarayman uyalib,

Ko‘zi tushganida qizarib,

Men sevgan gullar bilan men tomon

Hali kelar.

Mani yorim man bop, man bop,

Qarashlari man bop, man bop.

Yurish-turishlari man bop, man bop,

Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)

Hammasi yaxshi, lekin bordir bitta kamchiligi,

Yuragimni ezadi onda-sonda befarqligi.

Mayli unda, mening ham ozroq bordir o‘jarligim,

Bo‘laman hayron. (yeah)

E’tibor bilan bir bor asta ko‘zlarimga qarab,

Yuragim seni deya hech qachon bo‘lmasin yara.

Lekin ortiqcha beparvolik bo‘lmasin hech yana,

Bo‘laman vayron. (vou)

Pardozim, nozim, yuragimni nimtalab,

Kel qo‘llarim so‘rab.

Ko‘zlarim yana zor aylar fido.

Shirin-shirin zimdan qarayman uyalib,

Ko‘zi tushganida qizarib,

Men sevgan gullar bilan men tomon

Hali kelar.

Mani yorim man bop, man bop,

Qarashlari man bop, man bop.

Yurish-turishlari man bop, man bop,

Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)

(Qadam-qadamida vasvasalari yuragimni ezadi,

Keraksiz gap bilan yana kayfiyatimni buzadi.

Ana yana to‘polon, bosh og‘rir, jonginam,

Yaxshi bo‘lardi mehringni etsang tortiq.

Hamma bop, san bop, masala yechimini top,

Mayda-chuyda narsalar bilan gapni ko‘paytirma, xo‘p?

Xo‘p-xo‘p demagani yomon, dardim osmon,

Yaxshi ko‘rganim uchun ko‘z yumaman begumon.)

Mani yorim man bop, man bop,

Qarashlari man bop, man bop.

Yurish-turishlari man bop, man bop,

Yuragim, orim tor. (yeah) (x2)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by