Yuraging bor, hayot bor senda,
Vataning bor, tuygʻularing bor,
Gʻururing bor, asoslaring bor,
U-chi, yigit, tuxuming bormi?
Naqarot
Tuxuming bor?! Bormi yo yoʻqmi?!
Mana shu-da eng bosh masala!
Tuxum bormi?! Bormi yo yoʻqmi?!
Bor orzuing, oʻylaganing bor,
Pul-muling bor, saqlaganing bor,
Uy-hovling bor, ish-pishlaring bor,
U-chi, yigit, tuxuming bormi?
Naqarot
Tuxuming bor?! Bormi yo yoʻqmi?!
Mana shu-da eng bosh masala!
Tuxum bormi?! Bormi yo yoʻqmi?!
Davlating bor, hayollaring bor,
Askaring bor, qurollaring bor,
Mulozim bor, saroylaring bor,
U-chi, polvon, tuxuming bormi?
Naqarot
Tuxuming bor?! Bormi yo yoʻqmi?!
Mana shu-da eng bosh masala!
Tuxum bormi?! Bormi yo yoʻqmi?!