current location : Lyricf.com
/
/
Lov-lov [Transliteration]
Lov-lov [Transliteration]
turnover time:2024-10-06 08:08:25
Lov-lov [Transliteration]

N a q a r o t:

Lov-lov yonaman,

Sensiz o‘zimdan tonaman,

Yor, diydoring bo‘lsa armon,

Alamim kimdan olaman? (2x)

Erkatoyim! Qancha erkalasam ham,

Eritishim qiyin sani, sani-yey,

Boshginangga balo bo‘lganimda ham,

Faqat to‘g‘ri tushun mani, mani-yey.

N a q a r o t: .......................... (2x)

Ko‘zimning qoraginasi,

Shukur saning boringga!

Yurakkinam nolaginasi,

O‘zim bo‘lay toring-da!

Qayda bo‘lmay sevging mani

Yo‘ldan urib ketyapti,

Shirin choyday, jonginam, sani

Ichib qo‘ygim kelyapti.

N a q a r o t: ...................... (2x)

Seni topgan o‘sha kunimdan

Devonadan farqim yo‘q.

Hayotda har yurgan yo‘limda

Sendan boshqa dardim yo‘q.

Qayda bo‘lmay sevging mani

Yo‘ldan urib ketyapti,

Shirin choyday, jonginam, sani

Ichib qo‘ygim kelyapti.

N a q a r o t: .................... (2x)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by