current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Lazgi Afsonasi lyrics
Lazgi Afsonasi lyrics
turnover time:2024-06-30 22:34:01
Lazgi Afsonasi lyrics

Qadim o'tkan zamonda Turon degan tomonda bir o'lka bor ekan. Bu o'lkani Xvay razm ya'ni Quyosh yeri atashar ekan. Odamlari shunday yaralagan ekan. Jonga "tanaga kir" deptilar Jon tanaga kiriptiyu yugurib chiqdi. Jondan so'raptilar. "Nega yugurip chiqding?" Jon aytipti: "U yer qapqarang'u zimiston ekan, qo'rqaman" depti Shunda ilohiydan bir kuy taralipti, Bu kuyga maftun bo'lgan jon, tanaga kirganini o'zi ham sezmay qolipti. Oldin barmoqlarga, keyin panjalarga, bilaklarga, yelkalarda azoi badaniga jon kirib, inson tirilipdi. Bu ilohiydan kelgan Lazgi kuyi edi. Bu kuyni na Eroniylar, na Yunonlar, na Arablar, na boshqalar yo'q etaolganlar. Shundan bu yon Xorazmda bu kuyning to'qiz xili mavjud ekan. O'tmishdagi ustozlar, bu kuy ilohiy kuy bo'lgani uchun unga so'z bog'lashka jur'at etaolmagan ekanlar. Komiljon degan go'yanda unga jur'at etip so'z bog'lapti. Shundan keyin Xorazm Lazgisi manggulikka yuz tutib ketadi

Yetti falak burjining mehri pur anvoriman,

Pinhon sadaf durjining gavhari shaxvoriman,

Go'zal Xo'tan og‘usi novayida toriman,

Eram chamanzorining lolayi gulnoriman,

So'ylay siza ey og'am, yorning sevar yoriman.

Qora go'z bo'y bo'y bo'y, ola go'z bo'y bo'y(×2)

Zulfim aro bandadur, bog'lara sarvi ravon

La‘li labim rashkidir necha oshiq bag'ri qon

Chunki chaman sahnida bo'lsa yuzim gulfishon

Nolasin aylar fuzun shaydolarim har zamon

Jaloliddin elindan mardni sevar yoriman

Qora go'z bo'y bo'y bo'y, ola go'z bo'y bo'y (×2)

Siza amas aslinda lablarimning handasi

Yora vafodan so'ylab qalbimni taronasi

Ochildi yurak aro sevgimning gul shonasi

Bizlar Layli Majnundek bu zamon afsonasi

So'ylay siza ey og'am, mardning sevar yoriman

Qora go'z bo'y bo'y bo'y, ola go'z bo'y bo'y(×2)

Manguberdi yurtinda taralar azal navo

Mashriqning latofati asli erur bunda jo

Norin-norin lazgilar ko‘ngil dardiga davo

Shul sabab imkon olib vaqtin aylagan insho

Jaloliddin elindan mardni sevar yoriman

Qora go'z bo'y bo'y bo'y, ola go'z bo'y bo'y

Qora go‘z gal bari hey, ola go‘z gal bari(×2)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Hulkar Abdullaeva
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Uzbek dialects, Turkish
  • Genre:Folk
  • Official site:https://www.facebook.com/pg/HulkarAbdullaevaOfficial/
Hulkar Abdullaeva
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved