current location : Lyricf.com
/
/
Ko‘rmadim lyrics
Ko‘rmadim lyrics
turnover time:2024-10-06 08:09:32
Ko‘rmadim lyrics

Bu ko‘ngil, bu bosh bilan ne kunlarni ko‘rmadim,

Ko‘zda pinhon yosh bilan ne kunlarni ko‘rmadim.

Chorasiz hayron boqib, alamdan dilim yoqib,

Yostiqqa yoshim oqib, ne kunlarni ko‘rmadim.

Nomimni goh sotdilar, ortimdan tosh otdilar,

Qonimni ko‘p totdilar, ne kunlarni ko‘rdim men.

Nomimni goh sotdilar, ortimdan tosh otdilar,

Qonimni ko‘p totdilar, ne kunlarni ko‘rmadim.

Chak, chak, chak qon bo‘ldi yurak,

Yolg‘iz qo‘yma, sen menga kerak.

Chak, chak, chak, menda bir tilak:

Ishqim mening, faqat sen kerak. (x2)

Zor bo‘lganda panohga yolvorganman Ollohga,

Qolib savob-gunohga, ne kunlarni ko‘rmadim.

Malol oldim-olmadim, intilishdan tolmadim,

Bilganimdan qolmadim, ne kunlarni ko‘rmadim.

Qadri go‘yo tiyin deb,

Umrmi yo o‘yin deb,

Odam bo‘lmoq qiyin deb,

Ne kunlarni ko‘rmadim. (x2)

Chak, chak, chak qon bo‘ldi yurak,

Yolg‘iz qo‘yma, sen menga kerak.

Chak, chak, chak, menda bir tilak:

Ishqim mening, faqat sen kerak. (x2)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by