Yaxshimisiz qadirdonlarim
Holingizni bilgani keldim
Oching quchoq mehribonlarim
Sogʻinib koʻrgani keldim
Baland togʻning lolalari bor
Kuylarimning nolalari bor
Suhbat yaxshi, yaxshi-da diydor
Ham nafas boʻlgani keldim
Mehribonlarim ey qadirdonlarim
Sizni sogʻinib koʻrgani keldim
Yaxshi kuningizni bezay deb
Dil dilimdan mehr beray deb
Yulduzlardek oʻn sakkiz davra
Oy boʻlib toʻlgani keldim
Sozandani toʻldiradi tor
Sizga aytar oʻlanlarim bor
Yoningizda misoli bahor
Gul boʻlip kulgani keldim
Mehribonlarim ey qadirdonlarim
Sizni sogʻinib koʻrgani keldim
Men dilim izhorini aytib
Koʻngilda borini aytib
Tilimning yor yorini aytib
Davronlar surgani keldim
Baringizga shukur doʻstlarim
Jigarlarim qora koʻzlarim
Sizga rahmat, sizlarga tazim,
Sizni shod qilgani keldim.
Mehribonlarim ey qadirdonlarim
Sizni sogʻinib koʻrgani keldim