Nega doim ortimdan yurasan?
Qayerda boʻlsam paydo boʻlasan?
Jonimga tegdi sevging endi bekorga,
Ovora boʻlasan...
Axir yuragimga begonasan,
Sevgan yorim bor buni bilasan,
Intizor boʻlib kutma sevgimni bekor,
Ovora boʻlasan...
Bu mening orzuim emas,
Bunday sevgi kerak emas,
Shirin yolgʻonlardan tuzilgan bu sevging,
Menga kerak emas...
Bordir yuragimning toʻrida yor,
U doim boʻlgan menga vafodor,
Sen ishqim oʻtida yondirma yuraging,
Azobga qoʻyma bekor...
Yorim boʻladi deb oʻylamagin,
Qimmatbaho sovgʻalar bermagin,
Axir jonimga tegdi bu telba sevging,
Oʻzingni qiynamagin...
Bu mening orzuim emas,
Bunday sevgi kerak emas,
Shirin yolgʻonlardan tuzilgan bu sevging,
Menga kerak emas... (4x)