Yonma-yon o'tgan kechalar unutilib ketarmi?
Azoblar birdan bitarmi?
Bir sog'inch ila seni izlamoq bor-ku
Bu shunday davom etarmi?
Suvga tashna cho'llarda oppoq gullar bitarmi?
Tikanlari ko'kni tilarmi?
Bir binafsha iforidan seni izlamoq bor-ku
Bu shunday davom etarmi?
O'zingni ehtiyot qil, meni o'ylama,
Suv oqar, o'zanini topar
O'zingni ehtiyot qil, meni o'ylama,
Suv oqar, o'zanini topar
Ichimdagi po'rtana, o'qlar bilan tinarmi?
G'avg'olar qonsiz bitarmi?
Bir to'pponcha ichidan seni izlamoq bor-ku
Bu shunday davom etarmi?
Bu makkor dunyo seni menga dushman etarmi?
Do'stliklar birdan bitarmi?
Bir qardosh salomidan seni izlamoq bor-ku
Bu shunday davom etarmi?