Hazin bir zulmatga bo'yaldi bulutlar
Ikkimiz-chun yig'lar bu nozli yomg'irlar
Umidim uzildi*, kechmoqda zamonlar
Ayriliq xojamiz, quli biz oshiqlar.
Qo'llaring kaftimda so'ldi
Yarador bir hurkak qushday
So'ngan bir ishqdan patirlab* uchdi
"Yo'ling ochiq bo'lsin" demoq istardim
Bo'g'zimda bir tugun, so'zlarim g'oyib
Endi umr bo'yi seva olmayman
Chunki bu badanda yurak ham g'oyib
Oppoq jannatlardan tushar malaklar
Seni qo'rir ular, duolar, tilaklar
Men-chi bu savdoning* uzoq g'urbatida
Sovrilaman har kun sening hasrating-la
"Yo'ling ochiq bo'lsin" demoq istardim
Bo'g'zimda bir tugun, so'zlarim g'oyib
Endi umr bo'yi seva olmayman
Chunki bu badanda yurak ham g'oyib
Yarim qolgan hikoyamiz endi sen bilan
Ayri yo'llarda ketmoqdamiz
Hayot bu...
Sarsari shamol kabi esding yiroqlarga
Men ko'ksimda so'lg'in bir gul bilan yashayman yillarcha
Yashash bo'lsa bu...
Ayri oqshomlarda yotib
Ayri tonglarda uyg'onamiz bundan so'ng
Xatolarni ishq deya
Quruq* tanalar bilan ovunamiz
Va og'ir og'ir yaralanamiz
Shuni bilki, men hamisha eng go'zal onlarni xotiramda saqlayman
Talon-taroj bo'lgan ko'ngil bog'imda
Sochlarimning har bir tolasida mahzunlik-la
Ko'zlarimda qisqarayotgan quyoshlar-la
Men faqat seni kutaman bu shaharda
Bir kun qaytarsan deya
O'zingni ehtiyot qil, ey sevgilim!
O'zingni ehtiyot qil, suyukligim!