current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Kapalak [Turkish translation]
Kapalak [Turkish translation]
turnover time:2024-10-04 19:32:48
Kapalak [Turkish translation]

Izlaringdan o‘pay, kapalak,

Ko‘zlaringdan o‘pay, kapalak,

G‘unchalarning labidan tomgan

So‘zlaringdan o‘pay, kapalak.

Bir jonimga ming bitta jafo,

Gohi shohman, gohida gado,

Seni guldan, meni yorimdan

Ayirmasin mehribon xudo.

Ko‘zlaringdan o‘pay, kapalak,

Izlaringdan o‘pay, kapalak,

G‘unchalarning yo‘lida tomgan

So‘zlaringdan o‘pay, kapalak.

Gulzor ichra izingdan chopdim,

Kapalagim, sendan mehr topdim,

Sen-ku guling topding, men – netay,

O‘z dilimdan o‘tli dod topdim.

Gulday go‘zal gulim kapalak,

Senga yetmas qo‘lim, kapalak,

Termulaman ortingdan mahzun,

Kel, jonimga qo‘ngin, kapalak.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by