current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Iymon lyrics
Iymon lyrics
turnover time:2024-10-05 02:21:09
Iymon lyrics

Vijdonim pok, imonim but,

Taqdirga tan berib yashayman.

Ko‘madi to‘fonlar, buzadi yomonlar,

Atrofim zaharli to‘rga aylangan.

To hayotman zoru xorman,

Esiz, dunyoda vafo ko‘rmayman.

Ojiz dilim, so‘zsiz tilim,

Qani mazmun bu hayotdan?

Qadr nima, ishonch nima?

O‘tli dardlar bag‘rim tilar.

Singan hayot, dilda isyon,

Yolg‘iz alam imon deydi.

Tikanli masofa, alamli nola,

Erkinlik istagi umid bag‘ishlar.

So‘nggi nafasda botib ketgan tanam

Yashayman, yashayman, yashayman deydi.

To hayotman zoru xorman,

Esiz, dunyoda vafo ko‘rmayman.

Ojiz dilim, so‘zsiz tilim,

Qani mazmun bu hayotdan?

Qadr nima, ishonch nima?

O‘tli dardlar bag‘rim tilar.

Singan hayot, dilda isyon,

Yolg‘iz alam imon deydi. (2x)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by