Visoling ko‘rsam yonaman,
Xuddi afsunga xayolim olgansan.
Sevgim pinhon tutaman,
Uni bilolmay yonasan.
Oroming qo‘llarimda,
Unutib aqling maftunsan, bedorsan
Qalbimga sohib o‘zing,
Buni bilolmay yonasan.
Ehtirosga to‘ladi,
Sig‘maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (2x)
Ishqimiz otashi,
Eritsin tog‘lardagi qorni,
Begona aylasin
Qayg‘u-ozorni.
Meni deb ozor chekasan,
Tabassum aylab shodlikka to‘laman.
Ko‘rinmay ozor etasan,
Har lahza mahzun bo‘laman.
Qish misli jilolanib
Beshafqat qalbingga mehrim joyladi,
Yondirib, zor erkalanib
Qalbimni senga bog‘ladim.
Ehtirosga to‘ladi,
Sig‘maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (2x)
Ishqimiz otashi,
Eritsin tog‘lardagi qorni,
Begona aylasin
Qayg‘u-ozorni. (2x)