current location : Lyricf.com
/
/
Hayot lyrics
Hayot lyrics
turnover time:2024-10-06 00:49:41
Hayot lyrics

Hayot juda qiziq ekan,

Sinovda ayamas ekan.

Yaxshini yomondan uzib,

Hech ajrata ololmas ekan.

Ko’rdim qancha beozorni,

Aybsiz, aybdorligini.

Hayot nahotki bularga,

Ro’kach qiladi taqdirni.

Mayli hayot meni sinasin,

Qancha sinov bo’lsa yo’llasin.

Orzu qilishdan to’xtamayman,

Mayli hayot meni sinasin.

Mayli hayot meni sinasin,

Qancha sinov bo’lsa yo’llasin.

Orzu qilishdan to’xtamayman,

Mayli hayot meni sinasin.

Hayot sendan bir tilagim,

Noxaqlikka yo’l bermagin.

Qalbi toza yuraklarini,

Bag’ringda hech yig’latmagin.

Yaxshi ko’pdir bu dunyoda,

Shuning uchun borsan hayot.

Toki yasharkan ezgulik,

Hecham tugamaysan hayot.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by