Basharti istayotgan bo'lsang, turma ket
Hech meni o'ylama, yolg'iz qola olaman.
Sen ham bilasan hech bir tashvish abadiy emas
Hatto har on yangidan sevib qola olaman.
Bilaman, bu sevgi bo'lmasdi, qani ket
Qo'rqma, sen bilan do'st bo'lib qola olaman.
Aslida men ham anchadan buyon
Sendan ayrilishimni so'zlolmadim, qani ket!
Ket...
Ket...
Ket...ma to'xta, iltimos
Ketma, qol, yolg'on so'zladim
Ma'qul bo'lmagan bu ayriliqqa hech tayyor emasman
O'rtamizda yashalmagan, yarim qolgan xotiralar bor
To'xta, ketma, hozirdan telbalar kabi seni sog'indim.
Ikkimiz uchun ham shu to'g'ri bo'lsa, ket
Ishon, sen o'ylaganchalik xafa emasman
Ichimda yap-yangi bir hayot boshlashning
Sevinchi va hayajoni bor, endi ket.
Ket...
Ket...
Ket...ma to'xta, iltimos
Ketma, qol, yolg'on so'zladim
Ma'qul bo'lmagan bu ayriliqqa hech tayyor emasman
O'rtamiz yashalmagan, yarim qolgan xotiralar bor
To'xta, ketma, hozirdan telbalar kabi seni sog'indim.