(Refrain)
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni hamon sog‘inmoqdaman.
To‘xta fevral, mahzun tunlar.
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so‘nggi mahal
Biz kutgan qor yog‘averar.
To‘xta fevral, yurak so‘rar,
Sen ketsang, u ham ketar.
(Instrumental)
Yo‘llar uzun, hamrohim tun,
Yolg‘izlanib qolgandekman.
Sensiz shahar ichra bugun.
O‘zimni yo‘qotgandekman.
Maydalab tomchilar, yomg‘ir yog‘averar
Berkitgandek ko‘z yoshimni.
Vaqt to‘xtamay o‘taverar,
Go‘yo sinab bardoshimni.
(Refrain)
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni hamon sog‘inmoqdaman.
To‘xta fevral, mahzun tunlar.
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so‘nggi mahal
Biz kutgan qor yog‘averar.
To‘xta fevral, yurak so‘rar,
Sen ketsang, u ham ketar.
(Instrumental)
Sevmayman, deb aytgin bir bor,
Sevgan ko‘zlarimga qarab.
Sen yiroqlab ketding nogoh,
Yashayabman kunlar sanab.
Orzular manzili doim birga edi,
O‘xshardik bir-birimizga.
So‘nggi bekat o‘zga bo‘ldi,
Yetolmadik sevgimizga.
(Refrain)
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni hamon sog‘inmoqdaman.
To‘xta fevral, mahzun tunlar.
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so‘nggi mahal
Biz kutgan qor yog‘averar.
To‘xta fevral, yurak so‘rar,
Sen ketsang, u ham ketar.