Chanqagan suvlarning oqishi kabi
Chorasiz ko'zlarning boqishi kabi
Eshikning to'satdan chalishi kabi
Aqrab*ning otashda yonishi kabi
Voz kechib uzoqdan sening yoningda
O'zimdan javobsiz savol so'radim
Yo'qolib ketarkan po'rtanalarda
O'zimni kimsasiz orolda topdim
Bilmagan holda, bilmagan holda
Bilmagan holda seniki bo'ldim
Quyoshning soyada qolishi kabi
Uyquning tushlarga aylanishi kabi
Yurakning bo'g'zingda urishi kabi
Bir yo'lning bir yerga borishi kabi
Voz kechib uzoqdan sening yoningda
O'zimdan javobsiz savol so'rmishim
Yo'qolib ketarkan po'rtanalarda
O'zimcha kimsasiz orol topmishim
Bilmagan holda, bilmagan holda
Bilmagan holda seniki bo'ldim